- Bosh sahifa
- Kafolat va kafilliklar
Kafolat va kafilliklar
“Madad Invest bank” ATB tomonidan kafolatlarni berish O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-mayda ro`yxatdan o`tkazilgan “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to`g`risida”gi NIZOMga asosan amalga oshiriladi
Kafolat olish uchun prinsipial quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- zarar ko’rib ishlamayotgan bo`lishi xamda nolikvid balansga ega bo`lmasligi;
-muddati o`tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo`lmasligi;
-moliyaviy yil natijalari bo`yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo`lishi;
-ijobiy kredit tarixiga ega bo`lishi.
Kafolat olish uchun prinsipial tomonidan bankka quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
-kafolat buyurtmasi;
-kafolatdan foydalanishning butun davrini o`z ichiga olgan pul oqimi taxlili ko`rsatilgan biznes-reja;
-tegishli davlat solik inspeksiyasiga takdim etilgan so’nggi xisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to`grisida xisobot, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo`yicha auditorlik xulosasi;
Prinsipial taqdim etilgan kafolat bo`yicha majburiyatni o’z vaktida bajarishning ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishi lozim:
-likvidli mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar, pul mablag’lari garovi;
-Printsipalning kafolat bo`yicha majburiyatni bajarmaslik xatarining sug’urta qilinganligi to`grisidagi sug’urta polisi.
Printsipalning buyurtmasiga asosan bank tomonidan kafolat berish yoki kafolat berishni rad etish tugrisida qaror qabul qilish muddati buyurtma barcha zarur xujjatlar ilova qilingan xolda bankka kelib tushgan kundan boshlab yigirma bank kunidan oshmasdan ko`rib chiqiladi.
Qabul qilingan qaror natijalari to’g’risidagi xabarnoma uch bank kunidan kechiktirmay prinsipialga yuboriladi. Kafolat berishni rad etish to`grisida qaror qabul qilingan taqdirda xabarnomada rad etish sabablari aniq ko`rsatilishi lozim.
Kafolat berish to`grisida qaror qabul qilingach, kafil va prinsipial o’rtasida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kafillik shartnomasi tuziladi.
Oxirgi yangilanish sanasi : 28.01.2020