Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
Diqqat!!! Bank aksiyadorlari diqqatiga !

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga!

Аktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishini chaqirish toʼgʼrisida

“Madad Invest Bank” АTB Bank Kengashi aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishini 2018 yil 20 iyunь kuni, soat 11:00 da, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ maʼmuriy binosining majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Yigʼilish kun tartibi:

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2017 yil yakunlari boʼyicha Bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2017 yil yakunlari boʼyicha Bank Boshqaruvi hisobotini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining 2017 yil yakunlari boʼyicha moliya-xoʼjalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining 2017 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansini hamda foyda va zararlari toʼgʼrisidagi hisobotini hamda auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki foydasini taqsimlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarni maʼqullash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining 2018-2022 yillar uchun rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki joriy xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq bitimlarni aniqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining Bank Kengashi aʼzolarini saylash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Bank Boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” АTB Bank Kengashining 2018 yil 7 iyundagi majlisi qaroriga asosan aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar roʼyxati 2018 yil 14 iyunь kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aktsiyadorlarga xabar qilish uchun aktsiyadorlar roʼyxati 2018 yil 7 iyunь kuni holatiga tuziladi.

 

Bank aktsiyadorlarini va yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish 2018 yil 20 iyunь kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Аktsiyadorlar oʼzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan oʼrnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari soʼraladi.

Аktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi boʼyicha maʼlumotlar bilan Fargʼona shahri, Mustaqillik koʼchasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” АTBda tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz. Maʼlumot uchun telefonlar: (0-373) 241-70-32, (0-373) 241-70-44.

Bank Kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь