Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan davra suhbati o'tkazildi

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki tizimida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishiga hissa qo`shish va aholining iqtisodiy farovonligini ta’minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda bank xodimlarini bilim va ko`nikmalarini har tomonlama oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan o`z vaqtida tanishtirib borish maqsadida davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.

 

Xususan, joriy yilning 13 fevral kuni “Madad Invest Bank” ATBning Bosh ofisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasining  mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.

Ushbu davra suhbatida bankning Departament direktorlari, Boshqarma va Bo`lim boshliqlari hamda Amaliyot boshqarmasining barcha xodimlari ishtirok etdi. 

Davra suhbatida Prezidentimizning ushbu murojaatida o`tgan yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar hamda 2020 yil va kelgusi 5 yilda mamlakatimizni rivojlantirish bo`yicha belgilab berilgan ustuvor yo`nalish va vazifalari to`g`risida to`xtalib o`tildi.

Xususan, 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da erishilgan natijalar ya’ni energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo`l qurilishi, qishloq va suv xo`jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, iqtisodiyot, ta’lim, fan, madaniyat, sog`liqni saqlash va boshqa yo`nalishdagi erishilgan yutuqlar bo`yicha ma’ruzada keltirilgan fikrlar to`g`risida alohida to`xtalib o`tildi.

Bundan tashqari, ushbu murojaatnomada bank tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo`lgan muhim choralar bo`yicha belgilab berilgan ustivor vazifalar to`g`risida yig`ilganlarga ma’lumot berildi.

Davra suhbati so`ngida “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni amalda to`liq ta’minlash bo`yicha barcha xodimlar birdek jonbozlik ko`rsatishi kerakligi ta’kidlab o`tildi.

O`tkazilayotgan davra suhbatlari bank xodimlarining amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakat taqdiri uchun daxldorlik xissini mustahkamlashga, ularni ma’naviy va ma’rifiy ongini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

 

Matbuot xizmati.

 

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь