Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4498, PQ-4231, PQ-3777 sonli qarorlari va 3022-sonli nizomi

16 foizli kredit – («Har bir oila – tadbirkor» dasturi) yuzasidan

◦ Xabaringiz bor, bu yildan boshlab 8 foizlik kreditlar 16 foizdan beriladi.

◦ dastur doirasida 2020 yil uchun 2,4 trln.soʼm mablagʼlar yoʼnaltirilishi moʼljallangan.

◦ kreditlar avval berilgan kreditlarning soʼndirilishi hisobidan ajratiladi.

 

● kreditlar tavsiyanoma va xulosalar asosida, faqat Аgrobank, Mikrokreditbank va Xalq banki tomonidan ajratiladi;

● eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun;

● eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʼyxatidan oʼtgan kichik tadbirkorlik subʼektlariga; 

● kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʼp boʼlmagan muddatga ajratiladi;

● aylanma mablagʼlarni toʼldirishga imtiyozli kreditlar 18 oy muddatgacha revolьver kredit tarzida ajratiladi;

● kreditlar loyihaning biznes-rejasiga muvofiq oʼzini oʼzi qoplashidan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak;

● hududlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʼrinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga dastur doirasidagi resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 16 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratilishi mumkin (loyiha joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil oʼrganiladi-!);

● kredit - tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʼrsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil kilganidan soʼng - ajratiladi va maxsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʼrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʼtkazib beriladi.

Manba : Bank va mijoz kanali, Prezidentining PQ-4498PQ-4231PQ-3777  sonli qarorlari va 3022-sonli nizomi 

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь